Denza B5
Test-drayv
Denza B5
Denza B5
Test-drayv
Denza B5
Kuchga kirgan sana: 2026-yil 9-aprel
E’lon qilingan sana: 2026-yil 9-aprel
BYD Central Asia LLC kompaniyasi maxfiyligingizni himoya qilish va hurmat qilish majburiyatini oladi. Bu hujjat veb-saytimiz yoki xizmatlarimizdan foydalanganingizda shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash tartibini tavsiflaydi.
Hujjat ushbu bo’limlardan iborat:
1. Kirish
2. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash
3. Qanday ma’lumotlarni olamiz va ma’lumotlaringizdan qanday foydalanamiz
4. Ma’lumotlarni saqlash muddati
5. Maqsadni cheklash
6. Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi
7. Shaxsiy ma’lumotlarni uzatish
8. Xalqaro uzatish
9. Shaxsiy ma’lumotlarga oid huquqlar
10. Savol va murojaatlar
11. Ushbu Maxfiylik siyosatini qanday yangilaymiz
Ushbu Maxfiylik siyosati bizning vakolatli chakana sotuvchilarimizga yoki siz ma’lumotlaringizni bevosita taqdim etadigan uchinchi shaxslarga (jumladan, obuna xizmatlari, sug‘urta kompaniyalari va boshqa uchinchi shaxslarga) tatbiq etilmaydi. Ushbu tashkilotlar bizdan mustaqil bo‘lib, ma’lumotlarni yig‘ishi uchun o‘zlari javobgar hisoblanadi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun ular bilan bevosita bog‘laning va ularning maxfiylik siyosatlari bilan tanishing.
Ushbu Siyosat bo‘yicha savollar va murojaatlar uchun biz bilan quyidagi manzil orqali bog‘laning: privacy.eu@denza.com
Ushbu Maxfiylik siyosati (“Siyosat”) O‘zbekiston Respublikasida BYD Central Asia LLC tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash tartibi haqida ma’lumot beradi. BYD Central Asia LLC — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan mas’uliyati cheklangan jamiyat bo‘lib, joylashgan manzili: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi 26-uy, 3-qavat; shuningdek uning sho‘ba va affillangan kompaniyalari (keyingi o‘rinlarda alohida va birgalikda — “BYD Uzbekistan”, “biz”, “bizni” yoki “bizning” deb yuritiladi).
BYD Uzbekistan aloqa ma’lumotlari:
• Pochta manzili: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi 26-uy, 3-qavat
• Elektron pochta: privacy.eu@denza.com
BYD Uzbekistan BYD Company Limited (Shenchjen, Xitoy) global kompaniyalar guruhiga kiradi.
Ushbu Siyosat BYD Uzbekistan tomonidan va/yoki BYD Uzbekistan nomidan qayta ishlanadigan, shaxsni aniqlovchi yoki aniqlashi mumkin bo‘lgan barcha ma’lumotlarga (“Shaxsiy ma’lumotlar”) tatbiq etiladi. Bunday shaxslar keyingi o‘rinlarda birgalikda “Ma’lumotlar subyektlari” deb yuritiladi.
BYD Uzbekistan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya etish hamda BYD Uzbekistan oqilona zarur deb hisoblagan boshqa sabablarga ko‘ra ushbu Siyosatni vaqti-vaqti bilan ko‘rib chiqish va/yoki o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Ushbu Siyosat BYD Uzbekistan tomonidan maxfiylikka oid amaldagi qonunchilik, tamoyillar va amaliyotlarga rioya etish uchun zarur bo‘lgan asosiy qoidalarni belgilaydi. Jumladan, 02.07.2019 yildagi O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni № ZRU-547 (“Amaldagi qonunchilik”) ham shular jumlasidandir.
Siyosat tashqi hujjat bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlari BYD Uzbekistan tomonidan mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda taqdim etish maqsadlarida qayta ishlanadigan Ma’lumotlar subyektlari uchun mo‘ljallangan. Ushbu Siyosat shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga tatbiq etiladi; bunda BYD Uzbekistan Amaldagi qonunchilik ma’nosida shaxsiy ma’lumotlar bazasining egasi va operatori sifatida ishtirok etadi.
Biznes maqsadlarida Ma’lumotlar subyektlaridan Shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etish so‘ralishi mumkin. Bunday holatda BYD Uzbekistan, uning affillangan shaxslari va hamkorlari ushbu ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi shart.
Odatda veb-saytimizdan yoki xizmatlarimizdan foydalanganingizda quyidagi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlaymiz:
1) Veb-saytga kirish va undan foydalanish:
Biz sizga Saytga kirish imkonini taqdim etish uchun avtomatik ravishda identifikatorlaringizni (masalan, qurilmangizning IP-manzili) hamda joylashuv ma’lumotlarini (masalan, IP-manzil asosida aniqlanishi mumkin bo‘lgan) yig‘amiz. Biz IP-manzilingizni saqlamaymiz. Ushbu maqsadda ma’lumotlar Kompaniyaning qonuniy manfaatlari — tashrif buyuruvchilarga to‘g‘ri ishlaydigan veb-saytni taqdim etish — asosida qayta ishlanadi.
2) Test-drayvga yozilish:
Mahalliy riteylerda test-drayv tashkil etish uchun biz sizning joylashuv ma’lumotlaringizni, jumladan pochta indeksingizni yoki manzilingizni yig‘amiz. Shuningdek, veb-shaklda ko‘rsatilgan ism, elektron pochta manzili yoki telefon raqami, avtomobil turi, aloqa usuli, diler nomi va diler manzilini test-drayvni tanlangan dilerda rejalashtirish uchun yig‘amiz. Ushbu maqsadda ma’lumotlar siz bilan kelishuvimizni bajarish yoki kelishuv tuzilishidan oldin sizning so‘rovingizni bajarish uchun qayta ishlanadi.
3) Shaklni yuborish:
Siz shaklni yuborganingizdan so‘ng ism, telefon raqami yoki elektron pochta manzilingizni sizning mahsulot va xizmatlar bo‘yicha so‘rovingizni shartnoma asosida bajarish uchun yig‘amiz. Ushbu maqsadda ma’lumotlar kelishuvni bajarish asosida qayta ishlanadi.
4) Biz bilan bog‘lanish / savol yoki izoh yuborish:
Murojaatlarga javob berish hamda siz so‘ragan xizmat yoki mahsulotlarni taqdim etish uchun muloqot davomida siz ixtiyoriy taqdim etgan har qanday shaxsiy ma’lumotni yig‘ishimiz mumkin. Biz ism va familiya, telefon raqami yoki elektron pochta manzili, hudud va pochta indeksi, tanlangan mavzu, aloqa usuli, shuningdek savol yoki izohlaringizni yig‘amiz. Ushbu maqsadda ma’lumotlar BYD Uzbekistan ning qonuniy manfaatlari asosida qayta ishlanadi. Biz faqat savol va izohlarga javob berish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlaymiz.
5) Yangiliklar xabarnomasiga obuna bo‘lish:
Biz sizga xizmat ko‘rsatish hamda (yangi) mahsulotlarimiz, tadbirlarimiz va xizmatlarimiz haqida xabardor qilish uchun elektron pochta manzilingizni yig‘ishimiz mumkin. Ushbu maqsadda ma’lumotlar roziligingiz va/yoki qonuniy manfaatimiz (qo‘llanilishiga qarab) asosida qayta ishlanadi. Agar reklama xarakteridagi xatlarni olishni istamasangiz, xatdagi “Obunani bekor qilish” tugmasi orqali obunadan chiqishingiz mumkin. E’tibor bering: marketing xabarlarini bekor qilsangiz ham, biz xavfsizlik bo‘yicha yoki mahsulotga xizmat ko‘rsatish masalalariga doir xabarlarni yuborishda davom etishimiz mumkin.
6) Oflayn (joylarda):
Siz BYD do‘koni/diler markaziga yoki BYD servis markaziga tashrif buyurganingizda, sotuvdan keyingi xizmatlarni so‘raganingizda, tadbirlarimizda ishtirok etganingizda, test-drayvga yozilganingizda, oflayn sotuvdan keyingi servis xizmat olganingizda yoki biz bilan avtomobil xarid shartnomasini imzolaganingizda, biz va/yoki dilerlarimiz oflayn tarzda siz haqingizdagi quyidagi (shaxsiy) ma’lumotlarni yig‘ishi va qayta ishlashi mumkin:
- Asosiy ma’lumotlar: ism, davlat ro‘yxat raqami,
- Aloqa ma’lumotlari: manzil, telefon raqami, elektron pochta.
- Avtomobilga oid ma’lumotlar: VIN, foydalanuvchi ID, davlat ro‘yxat raqami, avtomobil modeli, uskunaning identifikatsiya raqami, avtomobil telemetriya ma’lumotlari, ta’mirlash tarixi va boshqalar.
- Xaridga oid ma’lumotlar: xarid sanasi, yetkazib berish holati (statusi).
Bunday qayta ishlashning huquqiy asosi — siz va biz o‘rtamizdagi shartnoma/kelishuvni bajarish, yoki sizning roziligingiz, yoki qonuniy manfaat.
Yuqorida sanab o‘tilgan shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ganimizda, biz cookie fayllari va shunga o‘xshash texnologiyalardan foydalanamiz. Cookie bo‘yicha batafsil ma’lumot uchun Cookie fayllar siyosatimiz bilan tanishing.
Saytimizda Instagram, Facebook va Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar vidjetlari kabi funksiyalar bo‘lishi mumkin. Ushbu funksiyalar identifikatorlarni (masalan, IP-manzil) va internet faolligi haqidagi ma’lumotlarni (masalan, Saytimizda qaysi sahifani ko‘rayotganingiz) yig‘ishi mumkin. Bunday vidjetlar cookie o‘rnatishi yoki boshqa kuzatuv texnologiyalaridan foydalanishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq funksiyalari va vidjetlari uchinchi tomon tarafidan joylashtiriladi va ular bilan o‘zaro aloqangiz ushbu uchinchi tomon kompaniyalarining maxfiylik siyosatlari bilan tartibga solinadi.
BYD Shaxsiy ma’lumotlarni yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan muddatdan ortiq, yoki shartnomaviy majburiyatlarga rioya qilish uchun, yoxud Amaldagi qonunchilik ruxsat bergan yoki talab qilgan doiradan tashqarida saqlamaydi.
Agar biz bilan siz o‘rtangizda shartnomaviy munosabatlar mavjud bo‘lsa, biz shaxsiy ma’lumotlaringizni munosabatlar tugagan sanadan boshlab 7 yil davomida, amaldagi qonunchilik doirasida saqlaymiz (agar yuqorida ko‘rsatilganidek, bunday ma’lumotlarni uzoqroq saqlash talab qilinmasa yoki ruxsat etilmasa, yoki huquqiy da’volarni belgilash, bildirish yoki himoya qilish uchun zarur bo‘lmasa).
Agar biz shaxsiy ma’lumotlaringizni axborot so’rovi, test-drayv yoki mahsulot/xizmatlarimiz bo‘yicha boshqa so‘rovdan so‘ng olgan bo‘lsak, biz ularni yig‘ilgan sanadan boshlab 1 yil 6 oy davomida saqlaymiz (agar shu davr ichida siz bilan shartnomaviy munosabatlar o‘rnatilmasa).
Shaxsiy ma’lumotlar faqat bayon etilgan maqsadlar uchun zarur bo‘lgan hajmda qayta ishlanishi mumkin. Asosan Shaxsiy ma’lumotlar ular yig‘ilgan maqsaddan boshqa maqsadlarda qayta ishlanmasligi kerak.
Agar Shaxsiy ma’lumotlarni boshqa maqsadlarda qayta ishlash zarurati yuzaga kelsa, BYD Uzbekistan rejalashtirilgan qayta ishlash maqsadlari dastlabki maqsadlar bilan mosligini tekshiradi. Bunday qo‘shimcha qayta ishlashdan oldin BYD Uzbekistan Ma’lumotlar subyektiga yangi maqsad haqida ma’lumot beradi va bunday maqsadlar uchun uning roziligini oladi.
Biz xavfsizlikning eng yuqori standartlarini ta’minlashga intilamiz. BYD Uzbekistan zamonaviy texnologiyalar darajasiga muvofiq, xususan ma’lumotlarni yo‘qotish, buzib ko‘rsatish yoki ruxsatsiz uchinchi shaxslar kirishidan himoya qilish uchun mustahkam texnik va tashkiliy choralarni joriy etgan.
Shaxsiy ma’lumotlaringizni olganimizdan so‘ng, ruxsatsiz kirishning oldini olish uchun qat’iy jarayonlar va xavfsizlik vositalarini qo‘llaymiz. Biroq internet orqali ma’lumot uzatish to‘liq xavfsiz emas. Shu sababli, shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilish uchun tijoriy jihatdan oqilona choralarni ko‘rishimizga qaramay, veb-saytimiz orqali uzatiladigan ma’lumotlar xavfsizligini kafolatlay olmaymiz.
Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi bo‘yicha hodisa yuz bersa, biz bu haqda tezkor xabar beramiz va qonun hamda nazorat qiluvchi organlar talablariga muvofiq tuzatish choralarini ko‘ramiz.
Biz yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni quyidagilarga uzatishimiz mumkin:
1) BYD guruhi doirasida, jumladan bosh kompaniyalar, korporativ affillangan shaxslar, sho‘ba korxonalar, biznes bo‘linmalar va umumiy mulkchilikka ega boshqa kompaniyalar.
2) BYD dilerlariga sotish, lizing va mijozlarga xizmat ko‘rsatish maqsadlarida, masalan: taklif/qiymat hisoblash so‘rovlariga javob berish, diagnostika, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, servis tashriflarini rejalashtirish, siz bilan bog‘lanish hamda so‘ralgan xizmatlarni taqdim etish uchun.
BYD Uzbekistan va BYD dilerlari o‘zining alohida maxfiylik siyosatiga ega bo‘lgan mustaqil yuridik shaxslardir. Har bir diler alohida yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritishini inobatga oling va uning maxfiylik bayonoti bilan tanishib chiqing. Shuningdek, BYD dileri ko‘pincha siz uchun birinchi aloqa nuqtasi bo‘lgani sababli, u o‘z maxfiylik siyosati bo‘yicha savollaringizga javob bera oladi. BYD Uzbekistan dilerlarini amaldagi maxfiylik qonunchiligiga to‘liq rioya etishga undaydi va ularga maxfiylik bo‘yicha majburiyatlar haqida ma’lumot bergan bo‘lsa-da, dilerlarning qonunchilikka rioya etishi uchun BYD Uzbekistan javobgar emas.
3) Yetkazib beruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarga:
Biz ma’lumotlaringizni uchinchi tomon xizmat ko‘rsatuvchilariga, agentlarga, subpudratchilarga va boshqa tashkilotlarga bizga yoki bevosita sizga bizning nomimizdan xizmat ko‘rsatish uchun oshkor qilishimiz mumkin (masalan, bulut xizmatlari, hosting, elektron pochta boshqaruvi va h.k.). Biz ularga faqat xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etamiz va ma’lumotlaringizni xavfsiz saqlash hamda ularni faqat bizning ko‘rsatmalarimizga muvofiq ishlatishni talab qiladigan shartnomalarni tuzamiz.
4) Qonunga rioya qilish, xavfsizlik yoki himoya maqsadlarida boshqa shaxslarga:
Biz ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki davlat organlariga qonun yoki yuridik talablarni bajarish; Xizmat ko‘rsatish shartlari va boshqa kelishuvlarimizni ijro etish yoki qo‘llash; o‘z huquqlarimiz, mulkimiz yoki xavfsizligimizni, shuningdek mijozlarimiz, foydalanuvchilarimiz, xodimlarimiz yoki uchinchi shaxslarning huquqlari, mulki yoki xavfsizligini himoya qilish; mumkin bo‘lgan firibgarlik, xavfsizlik buzilishlari yoki boshqa taqiqlangan/noqonuniy faoliyatning oldini olish yoki tekshirish uchun uzatishimiz mumkin.
5) Korporativ bitim doirasida:
Agar biz yoki aktivlarimizning bir qismi/barchasi boshqa kompaniya tomonidan sotib olinsa (jumladan bankrotlik jarayonidagi sotuv orqali), bizda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar o‘sha kompaniyaga uzatiladi.
6) Marketing va reklama maqsadlarida boshqa uchinchi shaxslarga (masalan, Instagram, Facebook yoki Twitter vidjetlari) — sizning aniq roziligingiz asosida yoki qonuniy manfaat mavjud bo‘lgan hollarda (“Ixtiyoriy uchinchi shaxslar”). Bunday xizmatlar ularning o‘z Xizmat ko‘rsatish shartlari va Maxfiylik siyosatlari bilan tartibga solinadi. Shaxsiy ma’lumotlaringizni yig‘ish, foydalanish yoki ulashish bo‘yicha xavotiringiz bo‘lsa yoki huquqlaringizni amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, ushbu ixtiyoriy uchinchi shaxslar bilan bevosita bog‘laning.
Uchinchi shaxslarga shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish berilganda, biz shaxsiy ma’lumotlar xavfsiz qayta ishlanishini ta’minlash uchun zarur shartnomaviy, texnik va tashkiliy choralarni ko‘ramiz.
Barcha hollarda BYD Uzbekistan bunday ma’lumotlar nima uchun zarurligini aniq ko‘rsatadi, shunda Ma’lumotlar subyektlari ma’lumotlarni o‘z xohishiga ko‘ra taqdim etishi mumkin.
BYD Uzbekistan shaxsiy ma’lumotlaringizni O‘zbekiston tashqarisidagi uchinchi davlatga yoki xalqaro tashkilotlarga (masalan, Xitoyga) faqat Amaldagi qonunchilikka rioya qilgan holda hamda Ma’lumotlar subyektlari himoyasi qonun talab qilgan darajada ta’minlanishini kafolatlovchi tegishli choralar mavjud bo‘lgandagina uzatishi mumkin.
Agar shaxsiy ma’lumotlaringizning uzatilishi va ular uzatiladigan mamlakatlar bo‘yicha batafsil ma’lumot olishni istasangiz, quyida 10-bo‘limda ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari orqali biz bilan bog‘laning.
Amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan doirada siz bizdan quyidagilarni so‘rash huquqiga egasiz:
• siz haqingizdagi bizda mavjud shaxsiy ma’lumotlarga kirish va ularning nusxasini olish;
• ayrim shaxsiy ma’lumotlaringizni keng qo‘llaniladigan, mashina tomonidan o‘qilishi mumkin bo‘lgan formatda sizga taqdim etish yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlar bazasi egasi (va operatorga) yuborish;
• shaxsiy ma’lumotlaringizni aniqlashtirish yoki yangilash;
• ayrim hollarda shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘chirish;
• ayrim hollarda shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashni cheklash.
Shuningdek, siz quyidagi huquqlarga ham ega bo‘lishingiz mumkin:
• ayrim hollarda ma’lumotlaringizni qayta ishlashga e’tiroz bildirish (masalan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing maqsadida qayta ishlanganda);
• so‘rov bo‘yicha shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash haqida bizdan ma’lumot olish;
• shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish huquqi shartlari haqida ma’lumot olish;
• shaxsiy ma’lumotlaringiz bo‘yicha huquq va qonuniy manfaatlarni himoya qilish uchun vakolatli davlat organiga yoki sudga murojaat qilish;
• Amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik berish va bunday rozilikni qaytarib olish;
• bizga hamda uchinchi shaxsga shaxsiy ma’lumotlaringizni umumfoydalanishdagi shaxsiy ma’lumotlar manbalarida tarqatishga rozilik berish;
• agar shaxsiy ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa, eskirgan, noto‘g‘ri, noqonuniy olingan bo‘lsa yoki qayta ishlash maqsadlari uchun zarur bo‘lmasa, qayta ishlashni vaqtincha to‘xtatishni talab qilish.
Ushbu huquqlardan foydalanish uchun 10-bo‘limdagi aloqa ma’lumotlari orqali biz bilan bog‘laning.
Ba’zi hollarda bu siz roziligingizni qaytarib olganingizdan keyin ham ma’lumotlarni saqlashimiz mumkinligini anglatadi.
Biz ma’lumotlaringizni qayta ishlash bo‘yicha barcha savollaringizga javob bera olishimizga umid qilamiz. Agar ma’lumotlaringiz qayta ishlanishi bo‘yicha xavotirlaringiz bo‘lsa, 10-bo‘limda ko‘rsatilgan tartibda biz bilan bog‘laning.
Agar masala hanuz hal bo‘lmasa, siz odatiy yashash joyingiz yoki ish joyingiz bo‘yicha shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish organiga shikoyat qilish huquqiga egasiz.
E’tibor bering: agar biz shaxsiy ma’lumotlarni yuridik yoki shartnomaviy majburiyatlarni bajarish uchun talab qilsak, bunday ma’lumotlarni taqdim etish majburiy hisoblanadi. Agar ma’lumotlar taqdim etilmasa, biz shartnomaviy munosabatlarni yurita olmaymiz yoki zimmasimizga yuklatilgan majburiyatlarni bajara olmaymiz. Boshqa barcha hollarda so‘ralgan shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish ixtiyoriydir.
Agar shaxsiy ma’lumotlaringiz qayta ishlanishi bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, avvalo ushbu Siyosat bilan tanishing. Qo‘shimcha savollar bo‘yicha siz BYD ning ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha mas’ul xodimi bilan bog‘lanishingiz yoki quyidagi manzilga yozishingiz mumkin:
BYD Central Asia LLC
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi 26-uy, 3-qavat.
Biz sizning qoniqishingizga juda jiddiy qaraymiz. Agar shikoyatingiz bo‘lsa, uni ham shu elektron pochta manziliga yuboring: privacy.eu@denza.com — biz sizga imkon qadar tez fursatda javob beramiz.
Shuningdek, siz yashayotgan mamlakatingizning shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish organiga ham shikoyat berishingiz mumkin. O‘zbekistondagi tegishli organlar: https://dpm.uz/
Biz biznes funksiyalarimizdagi o‘zgarishlar va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha choralarimizga muvofiq ushbu Maxfiylik siyosatini yangilashimiz mumkin. Agar Siyosatga o‘zgartirish kiritsak, sizni veb-saytimiz orqali xabardor qilamiz.